22:07 / 30.08.2017
6 234

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrif buyurish sanasi ma’lum bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrif buyurish sanasi ma’lum bo‘ldi
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston Respublikasiga tashrif uyushtirishi haqida xabar bergan edik.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, davlat tashrifi sentyabr oyining ilk o‘n kunligida rejalashtirilayotgan edi.

Bugun, 30 avgust kuni Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrif sanasi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari Qirg‘izistonga 6 sentyabr sanasida davlat tashrifini amalga oshiradi.

Biroz avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri Sapar Isakov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgan. O‘tkazgan muloqoti chog‘ida mazkur masalaga oydinlik kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrif buyurish sanasi ma’lum bo‘ldi