17:02 / 02.09.2017
6 637

Chilonzordagi YTH: “Nexia” simyog‘ochni “ag‘anatib” yubordi...

Chilonzordagi YTH: “Nexia” simyog‘ochni “ag‘anatib” yubordi...
Kecha, 1 sentyabr kuni soat 21:25 da Chilonzor tumanining Mevazor mahallasida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda suratlar tarqalgan...

Katta tezlikda harakatlangan “Nexia” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan.

Avtomobil yo‘l chetida turgan temir-beton simyog‘ochga kelib urilishi oqibatida uni o‘rnatilgan o‘rnidan ag‘darib yuborgan.

Sodir etilgan mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida avtomobil qattiq zarbdan so‘ng ariqqa tushib ketgan. Baxtga qarshi simyog‘och ustuni mashina ustiga ag‘nagan.

Jabrlanganlar haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q. Voqea sabablariga oid batafsil ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda...

Ogoh bo‘ling, aziz yo‘l harakati ishtirokchilari! Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling!

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzordagi YTH: “Nexia” simyog‘ochni “ag‘anatib” yubordi...