16:46 / 02.09.2017
7 066

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddan Jizzaxga keldi

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddan Jizzaxga keldi
Bugun, 2 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Samarqand shahriga o‘rnatilgan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali ochilish marosimida ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tushdan so‘ng Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Ayni paytda Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Taraqqiyot manzarasi” fermer xo‘jaligi dala shiyponida viloyat mutasaddilari, fermerlar bilan uchrashmoqda. Bu haqda O‘zA yozdi.

Uchrashuvda paxta yig‘im-terimi mavsumiga tayyorgarlik, takroriy ekinga dalalarni tayyorlash, viloyat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilinmoqda.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Samarqanddan Jizzaxga keldi