6 319
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Qur’on hofizlari tanlovi o‘tkazishni taklif qildi (video)
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 21 aprel kuni Hazrati Imom majmuasida Islom madaniyati markazini tashkil etish taklifini bildirgan edi. Prezidentimiz 1 sentyabr kuni Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida bo‘lib, mazkur markaz loyihasi bilan yaqindan tanishdi.
Prezidentimiz davlat va jamoat tashkilotlari, musulmonlar idorasi rahbariyati, imom-xatiblar, mahalla faollari bilan suhbatlashdi. Suhbat asnosida Sh.Mirziyoyev shunday dedi:
«...maqomni yetkazib berish bor. Qur’onning suralarini yetkazib berish bo‘yicha sizlar ham menga bir taklif bersalaringiz-da, avvalambor tumanlar ichida birinchi o‘rin uchun musobaqalashish, so‘ng viloyat bo‘ylab musobaqa, undan so‘ng respublikada shunday bir zo‘r joyni tanlab, mana bunday ilohiy joylarni tanlab, musobaqa o‘tkazamiz. Qur’onni chin e’tiqod bilan qiroat qilib, odamlar lol qoladigan qilib, bolalarimizni bir tarbiya qilaylik. Suralarni maqomiga yetkazib qiroat qilish — bu odamlarga shunaqangi ta’sir qiladiki, agar masjidlarimizda «tanlovda birinchi o‘rinni olgan qori tilovat qiladi», deyilsa. Bilasizlarmi, o‘zligimizni anglash nuqtai nazaridan, buning ham ostida juda katta ma’no bor. Bu ham ma’naviy tarbiyamizning bir bo‘lagi».
Manba: kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi