17:59 / 04.09.2017
6 893

Shavkat Mirziyoyev 5-6 sentyabr kunlari Qirg‘izistonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 5-6 sentyabr kunlari Qirg‘izistonda bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Almazbek Atamboyevning taklifiga binoan 2017 yil 5-6 sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘iziston Respublikasida bo‘ladi, deb yozmoqda «Uzbekistan24.uz» sayti.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, mamlakatlarimizning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qiladilar.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi haqidagi shartnoma, mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev 5-6 sentyabr kunlari Qirg‘izistonda bo‘ladi