18:30 / 12.09.2017
10 855

«Chorsu» mehmonxonasining taqdiri hal bo‘ldi

«Chorsu» mehmonxonasining taqdiri hal bo‘ldi
Bir necha yillardan buyon qarovsiz holda turgan Toshkentdagi «Chorsu» mehmonxonasining taqdiri hal bo‘ldi.

Turkiyaning Demir Group kompaniyasi mazkur mehmonxona negizida sayyohlik majmuasini quradi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 sentyabr kuni Demir Group kompaniyasiga ushbu majmuani «nol» qiymatida sotish to‘g‘risida takliflarni maqullab qaror imzoladi.

Turk kompaniyasi, Davlat investitsiya qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimiyati bu borada hamkorlik memorandumini imzolashdi, deb yozadi Darakchi.uz nashri.

Hujjat doirasida Demir Group «Chorsu» mehmonxonasini to‘liq qayta qurib, uning o‘rniga zamonaviy mehmonxona va biznes markazi barpo etadi.

Demir Group hajmi $33 mln. bo‘lgan investitsion va ijtimoiy majburiyatlarni oldi. Investitsiya ikki yil davomida kiritiladi.

«Eski Shaxar» sayyohlik zonasi mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar, sog‘lomlashtirish va sayyohlik majmualarini o‘z ichiga oladi. Hududda shuningdek do‘konlar, hunarmandlarning ustaxonalari joylashadi.

Mehmonxona majmuasi 270 xonadan iborat bo‘ladi. Mehmonxonada restoranlar, do‘konlar va SPA-salonlar faoliyat yuritadi.

Loyihani amalga oshirish uchun Inter Tourism qo‘shma korxonasi tashkil etilib, O‘zbekiston rahbari ushbu QKga soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Chorsu» mehmonxonasining taqdiri hal bo‘ldi