Uzmobile mobil aloqa operatori ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida kompaniya homiylik qilgan “Asian Fight–2017” turniri bo‘yicha munosabat bildirdi.
9 sentyabr kuni tashkil etilgan turnirda kompaniya reklama hamkori sifatida ishtirok etgan edi.
Kompaniya bayonotida “Bizning kompaniya turnirni tashkil etish g‘oyasini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, kompaniya mijozlari uchun qiziqarli ekanligini inobatga olib, uni o‘tkazishga ijobiy munosabat bildirgan edi. Biz sport tadbirlarini jamiyat uchun zarur deb hisoblaganimiz sababli qo‘llab-quvvatlaymiz va shu yo‘lda davom etamiz”, deyiladi.
Kompaniya “Asian Fight–2017” turnirini qoniqarsiz o‘tkazilgan deb baholagan holda o‘z noroziligini loyiha tashkilotchisi Sunrise Entertainment agentligiga bildirganini aytib o‘tgan. Tadbir formati va kun tartibi Uzmobile roziligisiz o‘zgartirilganini aytib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Uzmobile kompaniyasi tadbirning tashkilotchisi bo‘lmay, faqatgina bosh hamkor sifatida ishtirok etgan. Kompaniya loyihaning reklamasini qo‘llagan bo‘lib, Uzmobile sovg‘asi uchun o‘yin o‘tkazgan.
Bugun Gollivud aktyori Stiven Sigal O‘zbekistonga tashrifi haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali fikrlarini yozib qoldirgani haqida ma’lumot berib o‘tgan edik.
Avvalroq, “Bunyodkor” stadionida “Asian Fight–2017” turniri tashkilotchilari tomonidan navbatdan tashqari matbuot anjumani o‘tkazilgani va unda turnirning faxriy mehmoni Jan Klod Van Damm betobligi tufayli kela olmasligi, uning o‘rniga jang san’ati ustasi Stiven Sigal kelishi haqida xabar bergan edik.
Mazkur mavzu oxirgi 4–5 hafta mobaynida juda qizg‘in muhokamalar “nishoniga” aylangani rost. O‘zbekistonlik muxlislar va sport inshootlari aralash qoidali janglarga qay darajada tayyor ekanligi haqidagi mulohazalar ham shular jumlasidan.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi