16:29 / 14.09.2017
7 581

Naqd xorijiy valyuta sotilishi qachondan boshlanadi?

Naqd xorijiy valyuta sotilishi qachondan boshlanadi?
Bugun, 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan valyuta masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etilgan edi.

Ushbu formatdagi uchrashuv Markaziy bank tomonidan birinchi marta amalga oshirildi. Buni Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari ham ta’kidladi. Mazkur uchrashuv oxirgisi emasligini ham aytib o‘tildi.

Xorijiy valyuta kursi bozor qoidalariga asosan talab va taklif asosida belgilanadi. Kursga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar mavjud bo‘lib, boshlang‘ich kurs bozor talabi bo‘yicha 8100 so‘m qilib belgilangan edi.

Markaziy bank rasmiysining fikriga ko‘ra, valyuta ko‘p bo‘lsa narx tushadi, yetishmovchilik bo‘lsa narx oshadi. Bu bozor konuniyati ekanligi aytildi.

Bir hafta davomida valyuta ayirboshlashda tijorat banklari tomonidan aholidan 200 million AQSh dollari qabul qilindi. Xorijga eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlari va korxonalar tomonidan 100 million AQSh dollaridan ortiq valyuta birjaga chiqarilgan.

Tijorat banklari tomonidan korxonalar uchun 100 million AQSh dollari miqdorida konvertatsiya kilib berilgan.

Endi tabiiy savol tug‘iladi, jismoniy shaxslar uchun naqd valyuta sotish amaliyoti qachondan joriy qilinadi?

Ushbu savolga Markaziy bank rasmiylari o‘tkazilgan matbuot anjumanida javob berib, naqd valyuta sotilishi yaqin vaqtlarda yo‘lga qo‘yilishini aytib o‘tgan.

Rasmiyning aytishicha, xalqaro to‘lov kartalaridan AQSh dollarini xorijda yechish bo‘yicha cheklovlar olib tashlangan. Bankdan valyuta xarid qilish bo‘yicha umuman cheklov mavjud emas.

Timur Ishmetov jismoniy shaxs o‘zi istaganicha sotib olishi mumkin, hech qanday “har chorakda ikki ming, besh ming” degan gaplar mavjud emasligini aytib o‘tdi.

Nakd valyutani tez orada sotish yo‘lga qo‘yiladi, biroq uning aniq muddati haqida birorta ma’lumot berilmadi, demak, bu amaliyot erta-indin sodir bo‘ladiganga o‘xshamaydi...

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Naqd xorijiy valyuta sotilishi qachondan boshlanadi?