13:31 / 15.09.2017
7 078

Avtomobil o‘g‘risi YTH sodir etdi, o‘g‘irlangan mashina esa yonib ketdi...

Avtomobil o‘g‘risi YTH sodir etdi, o‘g‘irlangan mashina esa yonib ketdi...
Mazkur jinoyatlarning birinchisi 2017 yilning 13 sentyabr kuni soat taxminan 17:00larda Yunusobod tumani 4-dahasi hududida sodir bo‘lgan.

Noma’lum shaxs mavze hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro Orifjon Akmalovich Kamilovga tegishli bo‘lgan Nexia rusumli avtoulovni g‘ayriqonuniy ravishda ochib, uni olib qochgan.

O‘g‘ri olib qochilgan avtomobilda Ahmad Donish ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotib yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan. Jinoyatchi shu ondayoq hodisa joyidan g‘oyib bo‘lgan.

Xuddi shu, 13 sentyabr kuni soat 19:30 da noma’lum shaxs Yunusobod tumani hududida fuqaro Gulchehra Norbekovna Ismatovaga nisbatan kuch ishlatgan holda unga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinasini olib qochgan.

Avtomashinada Abdulla Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida Grand Palace mehmonxonasining qarshisidagi beton to‘siqqa urilib, YTH sodir etgan, natijada mashina yonib ketgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

YTH sodir etgan gumondorning o‘zi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan.

Holat yuzasidan ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida avtomashinalarni olib qochish jinoyatlarini — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan Shahzod Anvarovich Mahkamov sodir etganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 2-qismi “g” bandi (transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida olib qochish) va 267-moddasi 3-qismi “v” bandi (transport vositasini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Manba: qalampir.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomobil o‘g‘risi YTH sodir etdi, o‘g‘irlangan mashina esa yonib ketdi...