17:38 / 15.09.2017
6 337

Qarshi aeroportida ikki shaxs telefonida 3 mingta behayo filmlarni olib o‘tishga urindi

Qarshi aeroportida ikki shaxs telefonida 3 mingta behayo filmlarni olib o‘tishga urindi
Qarshi aeroportida bir dona qo‘l telefoni xotirasida qariyb 3 ming dona behayo filmlarni olib o‘tishga uringan fuqaro aniqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Hammamiz bilamizki, pornografik mazmundagi mahsulotlarni yurtimiz hududiga olib kirish amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq taqiqlangan bo‘lib, bu turdagi mahsulotlarning mamlakatimizga kirib kelishiga qarshi keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, joriy yilning o‘tgan davrida viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 48 ta holatda 5 ming 769 dona pornografik mazmundagi videolavhalar, o‘yin kartalari va suratlar bojxona chegaralari orqali mamlakatimizga olib kirilishining oldi olindi.

Shunga qaramasdan, ishlash yoki boshqa maqsadda xorijga chiqqan ayrim fuqarolar tomonidan pornografik mazmundagi videolavhalar va fotosuratlarni turli moslamalar orqali yurtimizga olib kirishga urinish hollari uchramoqda.

Misol uchun, Moskva-Qarshi yo‘nalishidagi 606-sonli aviareys bilan Qarshi xalqaro aeroportiga uchib kelgan Mirza Karamovning (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan “Nuawei ale l21” markali qo‘l telefoni xotirasida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan 300 dona pornografik mazmundagi videolavha borligi aniqlandi.

Yana bir holatda Moskva-Qarshi yo‘nalishidagi 624-sonli aviareys bilan Qarshi xalqaro aeroportida parvozini yakunlagan Kasbi tumani Maymanoq qishlog‘ilik Fayoz Qodirovning yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda unga tegishli bo‘lgan “HTC One X+” markali qo‘l telefoni xotirasida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan naq 2 ming 869 dona pornografik mazmundagi videolavha borligi ma’lum bo‘ldi va belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi. Hayron qolasan kishi: bu odam chet elga ishlash, pul topish maqsadida borganmi yo behayo lavhalar yig‘ishga?! Shunga aytsalar kerak-da, buzuq nafs chegara bilmaydi, deb.

Tegishli sud idoralarining qarorlariga ko‘ra, yuqoridagi huquqbuzarlik holatlarini sodir etgan aybdor shaxslarga nisbatan jarima jazolari belgilandi. Huquqbuzarlik ashyolari hisoblangan telefon apparatlari davlat egaligiga o‘tkazildi hamda ular xotirasidagi behayo lavhalar belgilangan tartibda yo‘q qilinishi ta’minlandi.

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarshi aeroportida ikki shaxs telefonida 3 mingta behayo filmlarni olib o‘tishga urindi