11:08 / 16.09.2017
6 746

Qoraqalpog‘istondagi litsey va kolledjlarda 1571 o‘qituvchining darslari qisqaradi

Qoraqalpog‘istondagi litsey va kolledjlarda 1571 o‘qituvchining darslari qisqaradi
“Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasi muxbiri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Jumagul Usnatdinova bilan suhbat uyushtirdi, deb xabar bermoqda Kruz.uz.

Vazir o‘rinbosari 10-sinflar ochilishi bilan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining dars soatlari kamayib ketishi haqida fikr bildirdi.

“Xalq ta’limi vazirligi, o‘rta maxsus kasb ta’limi boshqarmasi, Bandlik va mehnat munosbatalri vazirligi bilan birgalikda ish olib borilmoqda. Respublikamizdagi akademik litsey va kasb-hunar kolledjlaridan 1571 o‘qituvchining darslari qisqarishi kutilmoqda. Bu o‘qituvchilarning hech biri ham ishsiz qolmaydi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga qarashli o‘quv o‘rinlarida 1229 ish o‘rni mavjud. Bu masalada respublikamizdagi maktablar imkoniyati o‘rganib chiqildi. Akademik litsey va kasb-hunar kolledjlarida xizmat qilib darslari qisqargan, ishga joylashtirish bo‘yicha takliflar kelib tushgan o‘qituvchilarimizning ro‘yhati olindi va yashash joyiga qulay o‘rinlarga ishga joylashtirish masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istondagi litsey va kolledjlarda 1571 o‘qituvchining darslari qisqaradi