16:20 / 16.09.2017
7 059

O‘g‘il 74 yoshli onasini qaychi bilan o‘ldirdi

O‘g‘il 74 yoshli onasini qaychi bilan o‘ldirdi
Rossiyaning Rostov viloyatida yashovchi erkak o‘zining 74 yoshli onasini shavqatsizlarcha o‘ldirganlikda ayblanmoqda.

Voqea 14 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. 49 yoshli erkak onasi bilan o‘zaro janjallashib qoladi. Natijada erkak xo‘jalik qaychisini olib, 74 yoshli onasiga hujum qilishni boshlaydi.

Ekspertlar keksa ayolning tanasiga 89 marta qaychi sanchilganligini aniqlashdi. Erkak onasining boshi, yuzi, bo‘yni, ko‘krak qismi, qorni va qo‘l qismlariga qaychi bilan jarohat yetkazgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, yuz bergan voqeadan so‘ng, 49 yoshli erkak bu haqda qo‘shnilariga xabar bergan, ular esa politsiyani chaqirishgan.

Surishtiruv vaqtida ayblanuvchi psixiatr shifokor hisobida turishi ma’lum bo‘ldi. Voqea yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘g‘il 74 yoshli onasini qaychi bilan o‘ldirdi