22:49 / 16.09.2017
7 609

Ota-onasi qotillikda gumon qilinayotgan egizaklar Toshkentda dafn etilishi mumkin

Ota-onasi qotillikda gumon qilinayotgan egizaklar Toshkentda dafn etilishi mumkin
Avvalroq, Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘zbekistonlik kishi ikki go‘dakni o‘ldirganlikda ayblanayotgani haqida xabar bergan edik. Ularning biri bir yosh, ikkinchisi bir yarim yosh deyilgandi.

Endilikda nobut bo‘lgan bolalar egazaklar bo‘lgani aytilmoqda. Politsiya vakillari egizak go‘daklarning jasadlarini muzlatgich ichidan topgan. Qotillikda gumon qilinayotgan ota-ona esa hibsga olingan.

Qotillik sodir bo‘lgan uyda yashovchi qo‘shnilar noxush hid tufayli huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini chaqirishgan. Qo‘shnilardan birining aytishicha, uyga kirishganida muzlatgichdan qon izlari bo‘lgan sumka topilgan.

Xonadon egasi uyni uch bolali ayolga 2 kunga ijaraga berganligini ma’lum qilgan. Ilk xabarlarda mazkur qotillikni o‘zbekistonlik erkak amalga oshirganligi xabar qilingandi.

“Nur.kz” saytida yozilishicha, hozirda ayol ham, erkak ham qamoqda. Ular o‘z ayblarini tan olishgan...

Ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarning otasi Emil Gilmutdinov Toshkent shahrida axborot texnologiyalari kollejini va sirtqi bo‘limda institutni tamomlagan. Biroq asosan ofitsiant bo‘lib ishlagan.

Bolalarning onasi esa Alla Volchenko bo‘lib, u 34 yoshda. U to‘ng‘ich farzandini Olma-otada dunyoga keltirgan. Ularning egiz, umumiy farzandlari esa Toshkentda tug‘ilgan.

Er va xotinning so‘zlariga ko‘ra, bolalarning injiqliklari ularga yoqmagan va ular bundan “xalos bo‘lish”ni istashgan.

Ayolning to‘ng‘ich farzandi ko‘chada qolib ketgan. Alla Volchenko mast holatda bo‘lganligi tufayli katta farzandini qayerda qoldirib ketganligini eslay olmagan.

O‘ldirilgan bolalarning buvasi Salovat Gilmutdinov bu haqda yaqinda xabar topib, nobut bo‘lgan go‘daklarning jasadlarini Toshkentga olib kelib, dafn etish harakatida ekanligini ma’lum qilgan.

Toshkentda yashovchi Salovat Gilmutdinov o‘g‘lining bunday qotillikni sodir etganligiga ishonmasligini ta’kidlagan. Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning yozida Emil Gilmutdinov va (taxminimizcha nikohsiz xotini) Alla Volchenko uch nafar bolalari bilan O‘zbekistonda mehmon bo‘lishgan.

“...U bosiq, bolalarni, jonivorlarni juda yaxshi ko‘radi. Bunday qotillikni amalga oshirgan bo‘lishi mumkin emas. Menimcha, u Allaning aybini o‘z bo‘yniga olgan. O‘g‘lim kechasi ishdan qaytganida, odatda Alla uxlab yotgan bo‘lardi. Emil esa ishdan kelib,bolalarning tagligini almashtirib, ularga qarar edi. Ayoli esa xotirjam uxlashda davom etardi”, deydi ayblanuvchining otasi.

Salovat Gilmutdinov Allaning to‘ng‘ich farzandi Ravilni otaliqqa olib, Toshkentga olib kelishni mo‘ljallamoqda.

Hozirda Alla Volchenko va Emil Gilmutdinovlar Qozog‘iston Respublikasi jinoyat kodeksining 99-moddasi, 2-qismi, 1-, 2- va 7-punktlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qotillikda gumon qilinayotgan shaxslar 2 oy muddatga, ya’ni 11 noyabr sanasigacha ehtiyot chorasi sifatida hisbga olingan. Bu haqda Olma-ota shahar sudining matbuot kotibi Diyas Maxambetov xabar bermoqda.

Mazkur qotillik ishi yuzasidan hozircha aniq ma’lumotlar, to‘liq isbotlangan dalillar mavjud emas. Qo‘lga olingan ota-onalarning ruhiy xastaligini isbotlovchi ma’lumotlar ham yo‘q.

Anig‘i, 2 nafar go‘dakning nobut bo‘lgan va ularning ayanchli o‘limida o‘zlarining ota-onasi gumon ostiga olinayotgani hamda gumondorlar hozirda hisbga olinganligi.

Voqea yuzasidan ochilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqilmoqda.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ota-onasi qotillikda gumon qilinayotgan egizaklar Toshkentda dafn etilishi mumkin