00:05 / 17.09.2017
8 660

Tibbiyot kolleji o‘quvchisi pichoqlandi

Tibbiyot kolleji o‘quvchisi pichoqlandi
Andijon tibbiyot kollejida jinoyat sodir etildi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 15 sentyabr kuni tibbiyot kollejining 307-guruh o‘quvchisi J.Sh. mazkur muassasaning 215-guruh o‘quvchisi A.Sh. bilan janjallashib qoladi. A.Sh. yordamga o‘z akalarini chaqiradi va uning uch nafar akasi kollejga kelib, 307-guruh o‘quvchisi J.Sh.ga pichoq urib, o‘quvchiga tan jarohati yetkazgan.

Jabrlanuvchi viloyat shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yetkazilgach, jarrohlik amaliyotidan o‘tkazilgan. Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tez orada voqea tafsilotlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tibbiyot kolleji o‘quvchisi pichoqlandi