12:09 / 17.09.2017
7 701

Marg‘ilonda o‘tayotgan "Atlas bayrami" festivalida 2 tonnalik osh tayyorlandi

Марғилонда ўтаётган "Атлас байрами" фестивалида 2 тонналик ош тайёрланди
Marg‘ilonda o‘tkazilayotgan "Atlas bayrami" milliy matolar festivalida 2 tonnalik osh tayyorlanmoqda. Bu haqda Facebook foydalanuvchilaridan biri "Xalq bilan muloqot" guruhida xabar qoldirdi, deb yozmoqda Uz24 sayti.

"Marg‘ilonda «Atlas bayrami» milliy matolar festivali bo‘lib o‘tmoqda. Sayyohlar ham tashrif buyurishgan. Sayyohlarni jalb etgan yana bir voqeilik 23 yoshli oshpaz o‘z tengdoshlari o‘rtasida shaxsiy rekordini o‘rnatish maqsadida 2 tonnalik osh pishirishga tayyorlanmoqda va ushbu osh damlandi. Hurmatli guruhdoshlar, palov ustalarini qo‘llab-quvvatlaylik", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 8 sentyabr kuni Toshkentda “O‘zbegim” festivali doirasida dunyodagi eng katta — 7 tonnayu 360 kg miqdorda palov tayyorlandi va u "Ginnessning rekordlari kitobi"ga kiritildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Marg‘ilonda o‘tayotgan "Atlas bayrami" festivalida 2 tonnalik osh tayyorlandi