Ohangaron tumani hududida to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Guliston – Angren avtomobil yo‘lining 159 kilometrida Nexia avtomashinasi yuk mashinasi bilan to‘qnashgan, oqibatda yengil avtomashina haydovchisi va uch nafar yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.
Voqea joyida favqulodda xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishladi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida Toshkent viloyati hududida 900 dan ziyod yo‘l transport hodisalari sodir etilib, ularning natijasida yuzlab insonlar turli og‘irlik darajasidagi tan jarohatlari olishgan, o‘nlab insonlar halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?