00:10 / 19.09.2017
6 440

MXX Toshkentda giyovand moddalar tayyorlangan bangixonani aniqladi

MXX Toshkentda giyovand moddalar tayyorlangan bangixonani aniqladi
Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari giyovand moddalar tayyorlangan uy faoliyatiga chek qo‘ydilar. Ushbu uyda noqonuniy faoliyatini hech qayerda ishlamaydigan 52 yoshli Natalya Cherepovskaya va uning eri 49 yoshli Nazar Tojiboyev tashkil qilishgan. Qo‘lga olinganlarning ikkovi ham besh martadan giyovandlik bilan bog‘liq turli jinoyatlar, shuningdek, firibgarlik, o‘g‘rilik bo‘yicha sudlangan.

"Er xotin o‘z uylarida giyovand moddalarni tayyorlash va bangixona tashkil qilganlar. U yerda ular turli narkotik moddalar: morfin, kodein, opiy moddalarni tayyorlash, iste’mol qilish va sotish ishlari bilan shug‘ullanishgan. Tezkor xodimlar ushbu uyda 37 yoshli Erkin Parpiyev va 38 yoshli Igor Kimni qo‘lga olganlar. Ular ushbu uyda giyovand moddalarni sotib olib iste’mol qilishgan", — deb ta’kidladi organ xodimi.

Dastlabki tergov jarayonida shu ma’lum bo‘ldiki, Cherepovskaya va Tojiboyev o‘z uyida ikki yil davomida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelishgan.

Uyni ko‘zdan kechirish davomida ko‘knor, ammiak, eritgich, dimedrol, sanat, tropikamid singari tibbiy dori vositalari topilgan. Bular qon tomiriga yo‘naltiruvchi og‘ir narkotik tayyorlashda ishlatiladi. Shuningdek, tezkor xodimlar giyovand moddalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalarni ham topishgan.

O‘tkazilgan ekspertiza natijalariga ko‘ra, olib qo‘yilgan morfin, kodein va opium giyovandlik moddasi ekanligi tasdiqlandi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Cherepovskaya va Tojibayevga nisbatan Jinoyat kodeksining giyovandlik vositalari va psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov ishi olib borilmoqda.

Manba: sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MXX Toshkentda giyovand moddalar tayyorlangan bangixonani aniqladi