10:35 / 19.09.2017
4 941

Sud boshqaruvchisi kreditorlar oldida hisobot beradi

Sud boshqaruvchisi kreditorlar oldida hisobot beradi
“Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Tegishli tuzatishlarni o‘z ichiga olgan 14.09.2017 yildagi O‘RQ-446-son Qonun “Xalq so‘zi” gazetasida e’lon qilindi, deb yozmoqda “Norma” sayti.

Tuzatishlarga binoan sud boshqaruvchisi qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni kreditorning talabiga ko‘ra 10 kunlik muddatda taqdim etishi shart.

Shuningdek, iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat berishga haqli shaxslar doirasi belgilandi. Bu bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shu jumladan har qanday kreditorlardan biri tomonidan, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Prokuror tomonidan qarorga protest keltirilishi mumkin.

Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi sud qarorida ko‘rsatiladigan kreditorlar tomonidan talablarni taqdim etish muddatiga tuzatish kiritildi. Bu muddat 1 oydan kam bo‘lmasligi, biroq 2 oydan oshmasligi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud boshqaruvchisi kreditorlar oldida hisobot beradi