09:12 / 21.09.2017
12 054

Samarqandda tungi klublar bo‘yicha reyd o‘tkazildi (video)

Samarqandda tungi klublar bo‘yicha reyd o‘tkazildi (video)
Samarqand huquq-tartibot muassasalari tomonidan bir qator tungi klub, restoran va internet-kafelarda reyd o‘tkazildi. Tungi reyd natijasiga ko‘ra, ayrim yoshlar kechki vaqtini asosan kafe-barlarda chilim chekish bilan o‘tkazayotgani, hattoki spirtli ichimlik iste’mol qilayotgani aniqlangan. Bu haqda «O‘zbekiston24» xabar bermoqda.

Voyaga yetmagan yoshlar tungi vaqtda nafaqat bunday klublarda bo‘lishi, balki bu muassasalarda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgani ham qayd etilgan. Ana shunday holatlar aniqlangan bir qator tungi klub rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, o‘tkazilgan tekshiruvlarda mehnat qonunchiligi, sanitar me’yorlar buzilgani qayd etildi.

«Le Grand» tungi klubida esa klub rahbariyati raqqosa qizlarni turli behayo mazmundagi qo‘shiqlarga yarim-yalang‘och holda raqs tushishiga yo‘l qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda tungi klublar bo‘yicha reyd o‘tkazildi (video)