09:56 / 21.09.2017
8 223

Vebster universiteti O‘zbekistonda o‘z filialini ochadi

Vebster universiteti O‘zbekistonda o‘z filialini ochadi
Vebster universiteti (Webster University, AQSh) o‘z filialini O‘zbekistonda ochadi.

20 sentyabr kuni Vebster universitetining Toshkent shahrida filialini ochish to‘g‘risida bitim imzolandi. Hujjat Nyu-Yorkdagi O‘zbekiston-Amerika biznes-forumi yakunlari bo‘yicha imzolangan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Vebster universiteti filiali MDH mamlakatlaridagi Amerika oliy ta’lim muassasasining birinchi to‘laqonli filiali bo‘ladi.

Joriy yilning iyun oyi oxirida O‘zbekistonda ilk bor AQShdagi nufuzli universitet fakulteti ochilishi xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vebster universiteti O‘zbekistonda o‘z filialini ochadi