Donetsk shahrida shanba kuni ertalab ikkita portlash yuz berdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi. Agentlik manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, “DXR” daromadlar va yig‘imlar vaziri Aleksandr Timofeyevga suiqasd uyushtirilgan.
Amaldor hujum natijasida jarohat oldi va og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazildi, deya xabar bergan agentlik suhbatdoshi.
«Interfaks» agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Timofeyevdan tashqari yana yetti kishi jabrlangan. “DXR”dagilar Timofeyevga suiqasd bo‘yicha izoh bermadi.
“Sasha Tashkent” laqabli Timofeyev 2014 yilda “Tayanch” jangovar bo‘linmasiga rahbarlik qilgan. So‘ng u “DXR” daromadlar va yig‘imlar bo‘yicha vaziriga aylandi, 2016 yilda esa “DXR” hukumati rahbarining o‘rinbosari bo‘ldi.
Timofeyevga “Sasha Tashkent” laqabi u Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida tahsil olgani tufayli qo‘yilgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi