14:14 / 25.09.2017
6 779

Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan dahshatli YTH natijasida ayol kishi halok bo‘ldi (foto)

Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan dahshatli YTH natijasida ayol kishi halok bo‘ldi (foto)
23 sentyabr kuni, taxminan soat 18:30 da Chilonzor tumanida natijasi o‘lim bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi.

"Kobalt" rusumli avtomashina (taksi) haydovchisi yuqori tezlikda boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga urilib ketgan.

Toshkent shahar IIBB YHXBda UzNews.uz muxbiriga berilgan xabarga ko‘ra, YTH natijasida 1950 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi olingan tan jarohatlari sababli kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Mashinada, shuningdek, ayolning 8 va 11 yoshli nabiralari ham bo‘lgan, ularda o‘rta darajadagi bosh miya chayqalishi yuz bergan. 1980 yilda tug‘ilgan avtomashina haydovchisi ham jarohatlar olgan.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tegishli ma’lumotlar Toshkent shahar IIBBga berilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan dahshatli YTH natijasida ayol kishi halok bo‘ldi (foto)