16:21 / 27.09.2017
7 063

Toshkent yaqinida yuz bergan mudhish YTHda uch kishi halok bo‘ldi

Toshkent yaqinida yuz bergan mudhish YTHda uch kishi halok bo‘ldi
Kuni kecha Zangiota tumanidagi “Quyoshli” ("Solnechnыy") bozori yaqinida mudhish YTH sodir bo‘ldi, deb yozadi «Darakchi» nashri.

Mersedes rusumli yengil avtomobil "Termiz - Toshkent" trassasining 821-kilometrida katta tezlikda yo‘llarni ajratib turuvchi to‘siqqa borib urildi va qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketdi, qarama-qarshi yo‘lda esa Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Mersedesning haydovchi va ikki nafar yo‘lovchisi kasalxonaga ketishda vafot etdi. Yuk mashinasining yo‘lovchisi jabrlanmadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent yaqinida yuz bergan mudhish YTHda uch kishi halok bo‘ldi