14:31 / 30.09.2017
7 834

Xorazmda valyutafurushlar qo‘lga tushdi (video)

Xorazmda valyutafurushlar qo‘lga tushdi (video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni davlatimizning moliya-iqtisodiyot bozorida jismoniy va yuridik shaxslarga erkin valyuta ayriboshlash imkonini berdi. Bugungi kunda bozorlar, aeroport va temir yo‘l vokzallarida bank muassasalarining shahobchalarida aholi va tadbirkorlik sub’ektlari xorijiy valyutalarni ayriboshlashlari uchun ish tartibi joriy etilgan. Afsuski, mana shunday imkoniyatlarga qaramasdan belgilangan qonun-qoidalarni ayrim shaxslar tomonidan buzilish xolatlari hamon uchrab turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari, Xorazm viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Bosh prokuratura xuzuridagi departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Ro‘zmetov Davron Doshqinovich har bir AQSh dollarini 8,200 so‘mdan, jami 6,100 AQSh dollarini 50 mln. 020 ming so‘mga noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtda ko‘lga olindi.

Bundan tashqari, Davron Ro‘zmetovning yonida 2,323 AQSh dollari va 5,000 Rossiya rubli borligi aniqlanib, umumiy miqdorda 8,423 AQSh dollari va 5,000 Rossiya rubli daliliy-ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Yana bir xolat. Shovot tumanida istiqomat qiluvchi Nurjonov Safarboy Dushamovich har bir AQSh dollarini 8070 so‘mdan, jami 5800 AQSh dollarini 46 mln 806 ming so‘mga sotib olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Tadbir jarayonida Safarboy Nurjonovga tegishli 850 AQSh dollari, 56000 Qozoqiston tengesi, 1,500 Rossiya rubli va 53 ming O‘zbekiston so‘mi daliliy-ashyo sifatida olib qo‘yildi.

O`zbekiston 24.uz ning ma’lum qilishicha, ushbu xolatlar bo‘yicha, Bosh prokuratura xuzuridagi departamentining Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Ro‘zmetova Davron Doshqinovich va Nurjonov Safarboy Dushamovichga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 177-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda valyutafurushlar qo‘lga tushdi (video)