12:03 / 03.10.2017
6 587

“Propiskachi” uyushgan guruh qo‘lga olindi

“Propiskachi” uyushgan guruh qo‘lga olindi
Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tish uchun qing‘ir usullarni qo‘llashga tayyor bo‘lgan hamda ushbu ishni amalga oshirishga ko‘maklashmoqchi bo‘lgan ayrim fuqarolar qo‘lga olindi, deb xabar qiladi Qalampir.uz.

Toshkent shahri Yashnobod tumani Ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan fuqarolarni katta miqdordagi mablag‘ evaziga noqonuniy ravishda doimiy ro‘yxatga qo‘yish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holati aniqlandi. Bu haqda “Postda” nashri xabar berdi.

Yashnobod IIB MFR bo‘limida yordamchi sifatida ishlagan bir nechta xodimlar o‘nlab fuqarolardan doimiy ro‘yxatga qo‘yish uchun 3000 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda pul olgan. Pasport bo‘limining qat’iy hisobida turuvchi muhr va shtamplardan foydalanib, fuqarolarning pasportiga yashirin ravishda muhr va shtamp bosib, doimiy ro‘yxatda turgani haqida soxta ma’lumotlar kiritgan.

Uyushgan guruh a’zolari va ularga pul mablag‘larini bergan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, jinoyat ishidan yetkazilgan zarar 188 million so‘m deb baholangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Propiskachi” uyushgan guruh qo‘lga olindi