14:01 / 04.10.2017
6 182

9 oyda O‘zbekistonga 1,8 million sayyoh keldi

9 oyda O‘zbekistonga 1,8 million sayyoh keldi
Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik ob’ektlaridan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, 2017 yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra, qariyb 1 million 800 ming sayyoh yurtimizga kelgan. Bu 2016 yilning mos davriga nisbatan 17 foiz ko‘pdir. Mamlakatimizda sayyohlik xizmatlari eksporti ham 17 foiz ko‘payib, 1 milliard 86 million dollarni tashkil qilgan.

Yil oxiriga qadar mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 2,5 milliondan oshishi kutilmoqda, deb yozadi Darakchi nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 9 oyda O‘zbekistonga 1,8 million sayyoh keldi