2017 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 393-sonli qarori qabul qilingandi.
Unga ko‘ra, abituriyentlarni to‘lov-kontrakt bo‘yicha belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilish tartibiga oydinlik kiritilgan. Soddaroq qilib aytganda, «super kontrakt» amaliyotini joriy etish jarayoni qaror bandlari bilan aniq ifodalab berilgan.
2017/18 yilgi davlat qabul imtihonlarida yetarli ball to‘play olmay, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar oshirilgan stavka bo‘yicha kontrakt-to‘lov summasini to‘lashga rozi bo‘lsa, o‘qish istagini bildirgan oliygoh huzurida tashkil etilgan Qabul komissiyaga murojaat etib, yozma ariza kiritishi so‘raladi. Eslatib o‘tamiz, ariza topshirish muddati ertaga, 10 oktyabr kuni yakuniga yetadi.
Qo‘shimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy ta’lim muassasalari tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15 oktyabrga qadar Davlat komissiyasiga kiritiladi hamda belgilangan sanadan so‘ng qo‘shimcha qabul bo‘yicha natijalar e’lon qilinadi.
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatining Kun.uz nashriga ma’lum qilishicha, oshirilgan stavka kontrakt-to‘lovi bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalar ro‘yxati joriy yilning 30 oktyabr kuni e’lon qilinadi va shundan boshlab o‘qishni to‘laqonli boshlashi mumkin.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi