11:59 / 10.10.2017
10 657

Jasurbek Ibrohimov ishi: Jasur gap otgan qiz haqida ma’lumotlar aniq bo‘ldi...

Jasurbek Ibrohimov ishi: Jasur gap otgan qiz haqida ma’lumotlar aniq bo‘ldi...
Jasur Ibrohimov ishi yuzasidan tergov ishlari Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan olib borilib, 14 sentyabr kuni Toshkent shahar IIBBda o‘tgan brifingda ushbu ish yuzasidan jinoiy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudiga oshirilgani haqida xabar bergan edik.

Jinoyat ishi bo‘yicha 26 sentyabr kuni Toshkent shahar Mirobod tuman sudida dastlabki sud majlisi bo‘lib o‘tgan edi.

Kecha, 9 oktyabr kuni Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirobod tuman sudida Jasur Ibrohimovning o‘limi yuzasidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Qalampir.uz.

Sud majlisida Sud-tibbiy ekspertiza Bosh byurosi xodimi Farhod Lochinov, sudlanuvchi Islom To‘laganovning otasi A.Rasulov, T.To‘xtayev va D.Abdullayevlar guvoh sifatida eshitildi.

Jasur Ibrohimov va Islombek To‘laganov o‘rtasidagi urush Jasur Ibrohimov va Dilshod Abdullayev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan aytishuvlardan oqibatida yuz bergan edi.

Dilshod Abdullayevning singlisiga Jasur Ibrohimov gap otgani, unga qisqa xabarlar yozib bezovta qilayotgani haqida aytib o‘tilgan edi. Islom To‘laganov Dilshod Abdullayevga Jasur Ibrohimovning “kasal” ekanini aytgan. “Kasal” ekanini aytilgani Jasurga yoqmagan va u Islom bilan orani ochiq qilmoqchi bo‘lgan.

Dilshod Abdullayev singlisi deb aytilgan qiz haqida hech qanday ma’lumotlar aytilmagan edi. Ushbu sud majlisida gap otilgan qiz kim ekani aniq bo‘ldi. Bu Dilshod Abdullayevning yoshlikdan birga o‘sgan tanishi Gabriela ismli qiz edi.

Dilshod Abdullayev Gabrielaga Jasur Ibrohimov gap otganini o‘zi ko‘rmagan, biroq bu haqda kim xabar berganini aytmadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jasurbek Ibrohimov ishi: Jasur gap otgan qiz haqida ma’lumotlar aniq bo‘ldi...