Armaniston rahbari Serj Sarkisyanning shaxsiy fotosuratchisi David Akopyan Facebook’dagi sahifasida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning noodatiy fotosuratini e’lon qildi, deb yozadi Kun nashri.
«U MDH oqsoqoli. Uning yurishi juda ham ulug‘vor, nigohi kuchli. Shuning uchun bu surat yaxshi chiqdi. Menda Armaniston prezidentining fotosuratchisi sifatida ishlab kelayotgan yetti yillik faoliyatim davomida Nursulton Nazarboyevning ko‘plab suratlari bor. Ammo bunisi noyob», - deydi David Akopyan.
Foto: Facebook/David Akopyan
Tengrinews.kz saytiga bergan intervyusida, u kadrni MDH davlatlari rahbarlari zalga kirib kelayotgan vaqtida olganini aytib o‘tdi. Akopyanning so‘zlariga ko‘ra, u fotomuharrirlardan foydalanmagan.
«U yerda xonaga kirganingizda, yuqoridan keladigan nur odamning boshiga tushadi. Diafragmani yopasan, hamda shunda faqatgina markazdagi ob’ekt qoladi", - deydi fotosuratchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u bunga avvaldan tayyorgarlik ko‘rgan va dastlab Armaniston prezidenti Serj Sargsyanni shu tariqa suratga olishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Sochida MDH davlat rahbarlarining uchrashuvi, shuningdek, Yevrosiyo Oliy iqtisodiy kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi