20:56 / 17.10.2017
6 773

Ramzan Qodirov O‘zbekistonga tashrifi taassurotlari bilan bo‘lishdi

Ramzan Qodirov O‘zbekistonga tashrifi taassurotlari bilan bo‘lishdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov kuni kecha mamlakatimizga tashrif buyurgani to‘g‘risida xabar bergan edik. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ushbu tashrif taassurotlari to‘g‘risida alohida post e’lon qildi.

«Assalamu alaykum! Men dushanba kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkentga tashrif buyurdim. Anchadan buyon O‘zbekiston hamda uning poytaxti bilan yuzma-yuz ko‘rishishni kutib yurgan edim, – deb boshlaydi postini Ramzan Qodirov.
– Toshkentda meni hurmatli Prezident Shavkat Mirziyoyev qabul qildi. Do‘stona ham iliq suhbat uchun Shavkat Miromonovichdan minnatdorman! Menga shu ayon bo‘ldiki, davlat rahbari mening qadrli otam, Checheniston Respublikasi prezidenti, Rossiya qahramoni Ahmad hoji Qodirovni sirtdan yaxshi bilgan, uning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha faoliyatidan yaxshigina xabardor ekan.

Otam to‘g‘risida al Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti rektori, Ahmad hojining ustozi hamda oilamizning yaqin do‘sti Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf so‘zlab bergani aytildi. Men ham Ahmad Hojining O‘zbekiston hamda uning xalqiga samimiy muhabbati to‘g‘risida bayon qildim. Biz mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarga doir iqtisod, ijtimoiy hayot, madaniyat, sport, investitsiya, siyosat sohasidagi bir qator masalalar to‘g‘risida suhbatlashdik».

Shundan so‘ng Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyev bilan O‘zbekiston hamda Checheniston o‘rtasida hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko‘tarish to‘g‘risida kelishib olganini ma’lum qildi.
«Men Shavkat Miromonovich timsolida O‘zbekiston xalqi Allohning marhamati ila o‘z xalqini, mamlakatini behad sevadigan, butun umri davomida Vataniga xizmat qilishga tayyor haqiqiy yetakchiga ega bo‘lganini ko‘rdim», deydi Checheniston rahbari. Shuningdek, O‘zbekiston rahbarini Checheniston markazi Grozniyga taklif etganini ham ta’kidladi.
https://www.instagram.com/p/BaUgrJKn7fp/

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ramzan Qodirov O‘zbekistonga tashrifi taassurotlari bilan bo‘lishdi