Xorazmning Xazorasp tumanida 28 yoshli yigitni ehtiyotsizlik oqibatida poyezd urib ketdi. Bu haqda «Xorazm viloyat IIB»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Aytilishicha, Xazorasp tumanida yashagan 1989 yilda tug‘ilgan Q. Bobur 14 oktyabr kuni tungi paytda Xazorasp tumani hududidan o‘tgan temir yo‘lni piyoda kesib o‘tishda e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yishi natijasida poyezd urib yubordi va olgan tan jarohati tufayli hodisa joyida vafot etdi.
«Temir yo‘l kesishmalarini piyoda yoki biron-bir turdagi mexanik transport vositalarida kesib o‘tayotganda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishlik lozimligi, temir yo‘llarni belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmaslik to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali doimiy ravishda targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarnomada.
«Hurmatli fuqarolar, bugungi kunda, aholining uzog‘ini yaqin qilish hamda ular uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida turli yo‘nalishlarda tezyurar poyezdlarning qatnovi yo‘lga qo‘yilishi kutilayotganligi sababli temir yo‘llarimizda harakatlanayotgan poyezdlarning soni va tezligi sezilarli darajada ortadi. Shu bois temir yo‘l kesishmalarida va temir yo‘llarga yaqin joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilsak, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli baxtsiz hodisalarning oldi olinadi», — deb murojaat qildi IIB vakillari fuqarolarga. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?