15 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida pichoqlash bilan bog‘liq hodisa yuz bergani haqida Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kuni taxminan soat 00.30 larda Bo‘ka tumanida yashovchi fuqaro, 1956 yilda tug‘ilgan, Xolmurod Noraliyev (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) uyida o‘z farzandi, 1980 yilda tug‘ilgan Durdona Malikova bilan janjallashgani oqibatida uning tanasiga uch marta osh pichog‘ini sanchgan. Pichoq urilishi oqibatida qiziga tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan hamda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Ushbu holat yuzasidan Xolmurod Noraliyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ayni paytda tergov ishlari olib borilayotgani xabar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi