03:15 / 21.10.2017
7 266

Milliy bog‘dagi qurilish ishlari davomida inson suyaklari topildi

Milliy bog‘dagi qurilish ishlari davomida inson suyaklari topildi
Bugungi kunda qurilish ishlari olib borilayotgan Toshkentdagi Milliy bog‘ hududida quruvchilar tomonidan inson suyaklari topildi. Bu haqda Nuz.uz'ga tayanib Kun.uz xabar bergan.

Milliy bog‘ hududida 13 oktyabr kuni poydevor yotqizish uchun chuqur qazilayotgan vaqtda ishchilar inson qoldiqlari – skeletni topishgan. Quruvchilar bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishdi. Suyaklar sud-tibbiy ekspertlari tomonidan tekshirish uchun olib qo‘yildi.

Hozirda tezkor xodimlar topilgan inson suyaklarining kelib chiqish sababini aniqlashmoqda. Huquqni muhofaza qilish idoralaridagi manbaning ma’lum qilishicha, hozirgi paytda tekshiruv o‘tkazilmoqda, uning davomida ekspertlar topilgan suyaklarni tekshiruvdan o‘tkazishadi va hayotdan ko‘z yumgan insonning shaxsini aniqlashga harakat qilib ko‘rishadi. Mutaxassislar o‘lim sababi va vaqtini aytishga hozircha qiynalishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy bog‘dagi qurilish ishlari davomida inson suyaklari topildi