12:14 / 23.10.2017
5 112

Lola Karimova AQShga ko‘chib o‘tdi...mi?

Lola Karimova AQShga ko‘chib o‘tdi...mi?
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali ayni damda AQShda istiqomat qilayotganini ma’lum qildi.

“Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qilish men uchun, ayol sifatida, juda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bu yerda men inson hayotining asosiy omillaridan biri bo‘lmish, mening fundamental huquqim – so‘z erkinligini kundalik ravishda qo‘llamoqdaman. Har jihatdan, san’at va moda sohalariga qiziqish, siyosiy qarashlarni erkin ifoda etish orqali, o‘zligingni boricha namoyon eta bilish va hayotingga shukrona aytgan holda, erkin shaxs bo‘lish, hurlik tuyg‘usi ongu shuuringga kirib borishi naqadar muhimligini anglamoqdaman. Farzandlarimni ham o‘z fikrlarini erkin ifoda etishga o‘rgatib kelyapman”, deb so‘z boshlaydi Lola Islomovna.

Jamoatchi gender tengligi masalasini ko‘tarib, bu xususida o‘z qarashlarini ifoda etadi:

“Erkaklar va ayollar teng ekanligiga qat’iy ishonaman: har bir inson individual shaxs bo‘lib, o‘z fikrlari, hissiyotlari va qarashlari bilan oliy qadriyatdir.

Har bir shaxs o‘z fikrlarini erkin ifoda eta olishi o‘ta muhim.

Har birimiz o‘z ijodiy g‘oyalarimizni, bu modalar dunyosi, xoh musiqa, she’riyat, pazandachilik, sport yoki raqs bo‘ladimi, amalga oshirishga haqlimiz deb o‘ylayman.

Hayotimda dunyoning ko‘p joylarida bo‘ldim, o‘z ayollik kuchimni kashf qildim. O‘zligimni ifoda etishda o‘z ovozimdan foydalanishni kelajakda ham davom ettirish niyatidaman”.

Bundan bir necha kun avval, Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga Nyu-York shahrida tushgan suratini joylab, ushbu shaharga mehri o‘zgacha ekanini yozgan edi.

“Nyu-York shahriga uning intensiv energetikasi, tezligi undagi madaniyatlar va millatlarning o‘ziga xosligi va xilma-xilligi bo‘yicha dunyoning hech bir shahri teng kelolmasa kerak. Bu shahar hech qanday stereotiplar va eskicha qarashlar bilan hisoblashmaydi. Nyu-Yorkka mehrim o‘zgacha, bu yerga qayta va qayta kelishdan xursandman”.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lola Karimova AQShga ko‘chib o‘tdi...mi?