11:52 / 25.10.2017
6 741

Islombek To‘laganovga 6 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin

Islombek To‘laganovga 6 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin
Kecha, 24 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudida 1999 yil 11 dekabrda tug‘ilgan Jasur Ibrohimovning o‘limi yuzasidan navbatdagi sud majlisi o‘tkazildi.

P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi bo‘lgan Jasurbek “qorin bo‘shlig‘i sohasidagi a’zolarining to‘mtoq jarohati, o‘n ikki barmoqli ichagining ko‘plab jarohatlari, o‘ng buyrak lati jarohatlaridan keyingi xoletsistit, pankreonekroz, peritonit” tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markazida joriy yilning 1 iyun kuni vafot etgan edi.

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi Jasurbek Ibrohimovning og‘ir tan jarohati oqibatida vafot etgani tufayli O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan Islombek To‘laganovga (1999 y.t.) nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Bugun o‘tkazilgan sud majlisida so‘zga chiqqan tuman prokurori o‘rinbosari Baxtiyor Akromovning ta’kidlashicha, sudlanuvchi Islombek To‘laganovga qarshi ochilgan jinoyat ishiga aloqador barcha guvohlarning ma’lumotlari eshitilgan va barcha materiallar o‘rganib chiqilgan.

Baxtiyor Akromov Islombek To‘laganovni yuqorida qayd etganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan aybdor deb topishni va jazo sifatida uni 6 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘radi.

Endi 27 oktyabr kuni o‘tkaziladigan navbatdagi sud majlisida jabrlanuvchi Jasurbek Ibrohimov va ayblanuvchi Islombek To‘laganovning advokatlari chiqish qilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Islombek To‘laganovga 6 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin