10:51 / 28.10.2017
7 631

«Orol baliqlaridan 99 turli taomlar» festivalida baliqdan 112 xil taom tayyorlandi

«Orol baliqlaridan 99 turli taomlar» festivalida baliqdan 112 xil taom tayyorlandi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tashkillashtirishi bilan respublikamizda ikki kun davomida «Orol va Mo‘ynoqning qayta tiklanishi» xalqaro ekofestivali, Berdaq va Ajiniyoz shoirlarning xalqaro she’r va musiqa festivali, «Orol baliqlaridan 99 turli taomlar» gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.

Tadbirning ikkinchi kuni Mo‘ynoq tumanida davom etdi. Tumandagi «Madeli» OFY hududidagi «Ko‘k suv» ko‘li bo‘yida «Orol baliqlaridan 99 turli taomlar» gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi.

Ajoyib manzaraga ega «Ko‘k suv» ko‘li bo‘yi haqiqiy bayramga aylandi. Tadbir ishtirokchilari mohir oshpazlar tomonidan tayyorlangan baliq taomlarining, milliy hunarmandchilik, qo‘l mehnati namunalarining ko‘rgazmalari bilan tanishdi. Katerlarde sayyoxat qilib, san’at ustalarining konsert dasturini tomoshaladi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tanlovga Qoraqalpog‘iston Respublikasidan va Xorazm viloyati jamoat ovqatlanish korxonalaridan 70 dan ortiq oshpaz, kasb-hunar kolledjlarida pazandalik sohasi bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchi yoshlar, uy bekalari o‘zlarining baliqdan tayyorlangan 112 turli taomi bilan qatnashdi.

Bayram tadbirlariga yurtimizning barcha joylaridan mehmonlar, xorijiy davlatlar sayyohlari ham ishtirok etishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Orol baliqlaridan 99 turli taomlar» festivalida baliqdan 112 xil taom tayyorlandi