12:26 / 31.10.2017
7 967

Islom Karimov fondi AQSH va Yevropada ta’lim olish uchun yangi grantlar tanlovini e’lon qildi

Islom Karimov fondi AQSH va Yevropada ta’lim olish uchun yangi grantlar tanlovini e’lon qildi
Islom Karimov nomidagi Fond Yevropa va AQSHning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida magistratura dasturi bo‘yicha ta’lim olish uchun yangi grantlar tanlovini e’lon qildi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Facebook’dagi sahifasida berilgan ma’lumotga tayanib Uz24 sayti xabar berdi.

Tanlov quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘tkaziladi:

tabiiy fanlar (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo)
suv va yer resurslarini boshqarish
mashinasozlik texnologiyalari
oziq-ovqat texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketingi
arxitektura (shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash)
dizayn (mahsulot dizayni, sanoat va me’morchilik dizayni)
rassomlik.
Grant sovrindorlarining chet elda tahsil olish va yashash xarajatlari (2 yilgacha) Fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Tanlovda ingliz, nemis yoki fransuz tillarini a’lo darajada bilgan, O‘zbekiston yoki chet el oliy o‘quv yurtini bitirgan yoki uning so‘nggi kursida tahsil olayotgan, yoshi 35 dan oshmagan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Islom Karimov nomidagi jamoatchilik xayriya fondi 2016 yil oktyabrda Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillyayeva tomonidan O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi va birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida ta’sis etilgan. Yurtimiz va xorijdagi peshqadam universitetlarda tahsil uchun iqtidorli yoshlarga grantlar ajratish Fond faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Fondning ta’lim grantlari sohasidagi ilk loyihasi doirasida 12 nafar stipendiat bugungi kunda Angalt amaliy fanlar universiteti, Duysburg Essen, Rur va Frayburg universitetlari (Germaniya), Moskva me’morchilik maktabi hamda Turin politexnika universiteti (Italiya) kabi nufuzli chet el oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olmoqdalar.

Islom Karimov nomidagi Fond grantlari va tanlovga oid qo‘shimcha ma’lumotga ushbu sahifa orqali ega bo‘lishingiz mumkin

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Islom Karimov fondi AQSH va Yevropada ta’lim olish uchun yangi grantlar tanlovini e’lon qildi