09:18 / 14.11.2017
7 054

O‘zbekiston nemis va fransuz kompaniyalaridan 2 mln. dona hisoblagichlar sotib oladi

O‘zbekiston nemis va fransuz kompaniyalaridan 2 mln. dona hisoblagichlar sotib oladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Qarorda elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini yanada joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha Ishchi komissiya tashkil etilgan.

Komissiya tomonidan “Sagemcom” (Fransiya Respublikasi), “Elster GmbH” (Germaniya Federativ Respublikasi), “Landis & Gyr” (Shveysariya Konfederatsiyasi) kompaniyalari va “Toshelectroapparat” MChJ XK (O‘zbekiston Respublikasi) bilan O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilgan edi.

Ishchi komissiyaning Loyiha doirasida dastlab 2 million dona elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish uskunalari, shuningdek, dasturiy ta’minot, qo‘shimcha asbob-uskuna, boshqa zarur texnik vositalarini sotib olishi belgilangan. Shu maqsadda “Sagemcom”, “Elster GmbH” kompaniyalari va “Toshelectroapparat” MChJ XKdan tender savdolarini o‘tkazmasdan xarid qilish uchun ruxsat berilgan.

Qarorda bir oy ichida xorijiy kompaniyalar bilan shartnomalar imzolash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, 2020 yil 1 yanvardan Loyihaning amalga oshirish muddatiga Respublikada realizatsiya qilinadigan 1 kVt/soat elektr energiyasi uchun 15 so‘m, 1 m. kub tabiiy gaz uchun 17 so‘m miqdorida zaruratga ko‘ra indeksatsiya qilinadigan hamda faqatgina Loyiha doirasida Jamg‘armaning jalb etilgan mablag‘larini qoplashga hamda boshqa xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan investitsiyaviy ustama joriy etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston nemis va fransuz kompaniyalaridan 2 mln. dona hisoblagichlar sotib oladi