19:24 / 14.11.2017
7 154

Mehmonni tunagan mehmonxona farroshi qo‘lga tushdi

Mehmonni tunagan mehmonxona farroshi qo‘lga tushdi
Xorazm viloyatining Xiva tumanidagi mehmonxonalarning birida yashovchi mijoz hamyonidan 2,5 ming AQSh dollari va 5 ming Rossiya rubli yo‘qolgani haqida ichki ishlar xodimlariga murojaat qildi.

Ichki ishlar organlarining tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida o‘g‘rilikni ushbu mehmonxona farroshi, 1989 yilda tug‘ilgan N.I. ismli shaxs sodir etganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mehmonni tunagan mehmonxona farroshi qo‘lga tushdi