19:00 / 15.11.2017
7 465

Yakkasaroy tumanida qo‘shmachilik qilgan mehmonxona xodimi qo‘lga olindi

Yakkasaroy tumanida qo‘shmachilik qilgan mehmonxona xodimi qo‘lga olindi
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan mehmonxonada qo‘shmachilik qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda «IIV matbuot xizmati»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Xabar berishlaricha, hodisa 12 noyabr kuni soat 19:45 atrofida, tumandagi «SMS ITI» mehmonxonasida yuz bergan.

Mehmonxonaning 34 yoshli administratori 220 ming so‘m evaziga 1993- va 1995 yillarda tug‘ilgan ikki kishining jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan.

220 000 so‘m pul daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan, mehmonxona administratori nisbatan esa Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yakkasaroy tumanida qo‘shmachilik qilgan mehmonxona xodimi qo‘lga olindi