11:52 / 16.11.2017
7 465

O‘zbekistondagi eng ko‘p AQSH dollari sotilgan hudud aniqlandi

O‘zbekistondagi eng ko‘p AQSH dollari sotilgan hudud aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Valyuta qimmatliklari sotilgan hudud sifatida Toshkent shahrini alohida qayd etish zarur. Ushbu hududda umumiy valyutaning uchdan biri sotilgan.
Markaziy bank mutaxassislari ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston miqyosida banklarga sotilayotgan valyuta qimmatliklarining 29 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.

Bu jarayon Farg‘ona viloyatida 11 foizni, Samarqand va Andijon viloyatlarida 9 foizni tashkil etadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotilayotgan xorijiy valyutaning 98 foizi AQSH dollariga to‘g‘ri kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi eng ko‘p AQSH dollari sotilgan hudud aniqlandi