12:06 / 16.11.2017
9 651

Shavkat Mirziyoyev: “Jinoyatchilikka qarshi kurashishni joy-joyiga qo‘ya olsak, odamlar bizga ishonadi”

Shavkat Mirziyoyev: “Jinoyatchilikka qarshi kurashishni joy-joyiga qo‘ya olsak, odamlar bizga ishonadi”
Avvalroq xabar berganimizdek, 15 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida videoselektor bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu yig‘ilish davomida Davlat rahbari tomonidan xotin-qizlar, yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish bu, avvalo, xalq ishonchi ekanligi ta’kidlandi.

Jumladan, Shavkat Mirziyoyev jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek boshqa hayotiy muhim masalalarni hal etish bo‘yicha keng ko‘lamli harakatlar boshlanganligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Prezident o‘z nutqida eng asosiy masala — oilalarda tinchlik va xotirjamlikni ta’minlash, odamlarning halol mehnat orqali daromad topib farzandlarini komil inson qilib ulg‘aytirish uchun barcha sharoitlar yaratilayotgani, har bir mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, bu borada befarqlik, loqaydlik holatlariga barham berish, jamiyatda tinch va osoyishta hayotni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanishini aytib o‘tdi.

Prezident “...Biz fuqarolarimiz ongida mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak, degan tuyg‘uni shakllantirmas ekanmiz, barcha ishlarimiz, ya’ni hozirda ichki ishlar idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, umuman, qabul qilgan barcha qonunlarimiz, xullas, olib borayotgan ishlarimiz va harakatlarimizga odamlar ishonmay qo‘yadi”, deya ta’kidladi.

“Shuning uchun bugungi eng katta masala, biz yil boshida kelishgandik, jinoyatchilikning oldini olib, jamiyatdagi tinchlik va barqarorlikka odamlarni ishontira olsak, xalq bizdan rozi bo‘ladi. Bu maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun joriy yilda har bir hudud sektorlarga ajratilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqdik. Bu borada huquqbuzarliklar profiliktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash ishlari samaradorligini yanada oshirish, ayniqsa xotin-qizlar, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasidagi kompleks chora-tadbirlar hayotga izchil tadbiq etilmoqda.

Men nima uchun jinoyatchilikka qarshi kurashni birinchi o‘ringa qo‘yyapman, agar jinoyatchilikka qarshi kurashishni joy-joyiga qo‘ya olsak, olib borayotgan ishlarimizga aholining ishonchi ortadi, odamlar bizga ishonadi. Ikkinchidan, sog‘liqni saqlash tizimidagi barqarorlikni joyiga qo‘ya olsak, odamlar o‘z hayotida o‘zgarish sodir bo‘layotganini sezadi”, deb qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev yuqorida bildirgan fikrlariga.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: “Jinoyatchilikka qarshi kurashishni joy-joyiga qo‘ya olsak, odamlar bizga ishonadi”