17:10 / 16.11.2017
7 218

Avtokreditlar berilishi mijozlarning to‘lov imkoniyati pastligidan to‘xtatildi

Avtokreditlar berilishi mijozlarning to‘lov imkoniyati pastligidan to‘xtatildi
Bank vakillari qayd etganidek, joriy yilning birinchi 6 oyida tijorat banklari yirik miqdorda avtokreditlarni bergan. Shu jihati muhimki, Markaziy bank tomonidan avtokreditlarning tijorat banklari tomonidan berish yoki berilmasligiga oid hech qanday taqiqlovchi me’yoriy hujjat chiqarilmagan. Ya’ni tijorat banklari mijozlariga o‘zining moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda kreditlar ajratishda mustaqil hisoblanadi.

Taxminan iyul oylaridan banklar ushbu kreditni berishni qisqartirdi. MB tahliliga ko‘ra buning asosiy sababi avtomobil sotib oluvchilarning xarid qobiliyati yaxshi emasligidir. Bu avtokredit berilishining birinchi, ikkinchi oylaridanoq ko‘zga tashlangan.

“Misol uchun, bitta avtomobilning o‘rtacha narxi 80 mln so‘m bo‘lsa va u 3 yilga kreditga berilsa, oylik to‘lovi 3 mlndan oriq summani tashkil qiladi. Bu, o‘z navbatida, to‘lov bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqargan, chunki aholining o‘rtacha oylik miqdori bu summaga yetmaydi”, – deya misol keltirdi bank vakili.

Qo‘shimcha kontrakt evaziga o‘qishga kirganlar uchun kredit berish yoki berilmasligiga Otaboyev salbiy javob qaytardi.

“Ta’lim krediti talaba safiga qo‘shilganlarga ajratiladi. Shu yilning o‘zida 15 mingdan ortiq talabaga 75 mlrd so‘m atrofida ta’lim kreditlari imtiyozli shartlar asosida ajratildi.

Qo‘shimcha to‘lov asosida keyinchalik talaba bo‘lganlar, hali talaba deb hisoblanmaganligi uchun, ularga ta’lim krediti berilmaydi.

Qo‘shimcha kontraktning to‘lov summasini kichik deb bo‘lmaydi. Ushbu summalarni keyinchalik kredit qilib olish, keyin ularni qaytarish bilan bog‘liq muammolar ham kelib chiqishini inobatga olishimiz kerak. Bundan tashqari, bu talba va ularning ota-onalariga ham og‘irlik tug‘dirishi mumkin”, – deydi u.

Manba: erkak.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtokreditlar berilishi mijozlarning to‘lov imkoniyati pastligidan to‘xtatildi