11:17 / 17.11.2017
5 514

XVJ: O‘zbekiston investitsiya iqlimini yaxshilash uchun choralar ko‘rishi kerak

XVJ: O‘zbekiston investitsiya iqlimini yaxshilash uchun choralar ko‘rishi kerak
2017 yilning 7—16 noyabr kunlari Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi O‘zbekiston rasmiy organlarining iqtisodiyotni yanada isloh qilish bo‘yicha rejalarini muhokama qilish va makroiqtisodiy parametrlarni aniqlashtirish uchun Toshkentda bo‘ldi, deb yozadi UzDaily.

Missiya rasmiy organlar tomonidan makroiqtisodiy barqarorlikning ancha samaraliroq asoslariga o‘tish va iqtisodiyotdagi investitsiyaviy iqlimni yaxshilash bo‘yicha ishlar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan strategiyaga muvofiq amalga oshirilayotganini ijobiy baholadi. Missiya ushbu yo‘nalishdagi birinchi muhim qadam valyuta bozorining liberallashtirilgani bo‘lganini ta’kidladi.

Rasmiy organlar ko‘pchilik narxlar liberalizatsiyasini amalga oshirish, davlat korxonalari restrukturizatsiyasini o‘tkazish, shuningdek, xalqaro savdoni rivojlantirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo‘lida qolgan to‘siqlarni bartaraf qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Missiya islohotlar jarayonida keyingi qadamlar investitsiya iqlimini yaxshilashga va aholining zaif qatlamlari himoyasini ta’minlashga qaratilishi kerakligini qayd etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » XVJ: O‘zbekiston investitsiya iqlimini yaxshilash uchun choralar ko‘rishi kerak