12:03 / 17.11.2017
4 963

Yaponiya «Fozil-Ota» qabristoni qorovuliga imperator ordenini taqdi etdi

Yaponiya «Fozil-Ota» qabristoni qorovuliga imperator ordenini taqdi etdi
Yaponiya hukumati Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan «Fozil-Ota» qabristoni qorovuli Miroqil Fozilovni imperator ordeni bilan taqdirladi, deb yozadi Kun nashri.

Xabarda ta’kidlanishicha, Fozilov «Kumush nurlarga ega chiqib kelayotgan quyosh» Ordeni bilan O‘zbekistonga yuborilgan yaponiyaliklar haqida tarixni saqlab qolish va qabristonni qo‘riqlashdagi xizmatlari uchun taqdirlangan.

75 yoshli Fozilov 40 yil davomida Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Toshkentga kelib qolgan yapon fuqarolari, asosiy harbiy asirlar qabrlarini obod qilib kelgan.

Uning otasi ham yaponiyalik fuqarolar dafn etilgan qabristonda 60 yil davomida qorovul bo‘lgan, shu sababdan qabriston nomi uning sharafiga «Fozil-Ota» deb o‘zgartirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yaponiya «Fozil-Ota» qabristoni qorovuliga imperator ordenini taqdi etdi