16:08 / 18.11.2017
8 360

Chilonzor tumanidagi fohishaxona fosh etildi

Chilonzor tumanidagi fohishaxona fosh etildi
2017 yilning 14 noyabr kuni taxminan soat 21:00 larda huquqni himoya qiluvchi organlar vakillari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida muqaddam sudlangan Karimov Kamoliddin Saidkamolovich, Chilonzor tumani, 5-15-11 xonadonda fohishaxona saqlab, 200 ming so‘m mablag‘ evaziga fuqaro “U” va “K”larga axloqsizlik ishlari bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzor tumanidagi fohishaxona fosh etildi