00:26 / 19.11.2017
6 482

Chirchiqda kollejdoshini urgan o‘quvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chirchiqda kollejdoshini urgan o‘quvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Chirchiq shahridagi Texnika kasb-hunar kollejining ikki o‘quvchisi o‘zaro janjallashishgan, oqibatda o‘quvchilardan biri tan jarohati olgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmatiga tayanib UZ24 xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 16 noyabr kuni soat 08.00 larda Bo‘stonliq tumanida yashovchi, Chirchiqdagi Texnika kasb-hunar kolleji talabasi, 2001 yilda tug‘ilgan M.A. tanishi, shu kollejning 1-bosqich talabasi, 2001 yilda tug‘ilgan Sh.S. bilan o‘zaro janjallashib, uni qo‘li bilan urib, shikast yetkazgan.

Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazining birlamchi tibbiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, Sh.S.ni olgan tan jaroxatlari «sog‘liqni qisqi muddatga buzilishiga olib kelgan yengil» tan jarohati ekanligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chirchiqda kollejdoshini urgan o‘quvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi