17:00 / 20.11.2017
24 369

«Ukam va kelinimga insof so‘rayman»

«Ukam va kelinimga insof so‘rayman»
— Men farzandsizligim sabab turmushimdan ajrashganman. Peshonamda bor ekan, taqdirga tan berib o‘zim uchun emas, ukalarim uchun yashayapman. Ikkita ukam bor. Onam erta vafot etgani uchun dadam ikkinchi marta uylandi. U onamdan bitta ukam bor. U 5 yoshda. Men har ikkala ukamni ham birdek yaxshi ko‘raman. Lekin katta ukam kichkinamizni umuman xushlamaydi. O‘tgan yil katta ukamni uylantirdik. Ammo uylanib ham uning aqli kirmadi. Avval bir o‘zi ukam bilan onamni turtkilagan bo‘lsa, endi ayoli bilan uydagilarga tinchlik bermayapti. Eng yomoni, kelinim «Siz o‘gaysiz», deb onamning dilini og‘ritibdi. Ukam va kelinim ota-onamning duosini olish o‘rniga ularning dilini og‘ritib, har kuni janjal ko‘tarishyapti. Bu vaziyatga jim qarab turolmayapman. Nima qilsam vaziyatni yumshatishim mumkin? Axir ular ham ertaga ota-ona bo‘lishadi. Keyin kichik ukamda nima ayb, hayronman? U bilan bir otadan tug‘ilgan bo‘lsak-da, ukam bizni tushunishni istamayapti. Nahot farzandlaridan qaytishidan qo‘rqishmasa? Menga maslahat bering.
NARGIZA

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ukam va kelinimga insof so‘rayman»