10:55 / 21.11.2017
8 363

Xorazmda er xotinini avval pichoqlab, keyin yoqib yubordi...

Xorazmda er xotinini avval pichoqlab, keyin yoqib yubordi...
Er-xotinning har kungi o‘zaro janjallashishiga ko‘nikib qolgan qo‘shnilar navbatdagi janjal bir kishining hayotiga zomin bo‘lishidan bexabar edilar.

Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi Bekobod qishlog‘ida ro‘y bergan hodisa oqibatida bir oila zavol topdi.

Mast holda uyga kelgan er qo‘liga pichoq olib, ayolining duch kelgan joyiga urgan. Kayfi tarqagach qilmishining oqibatidan qo‘rqqan er jasadga benzin sepib yoqib yuborgan.

Qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y er-xotinning o‘zaro nizosiga befarq qaramaganida, ularning muammosiga yechim topishga ko‘maklashganda bu mudhish voqea sodir bo‘lmasdi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 10 oyida sodir etilgan qotillik jinoyatlarining 165 tasi er-xotin va qaynona-kelinlar o‘rtasida, 66 tasi qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida oddiygina maishiy kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida sodir bo‘lgan yana bir jinoyat to‘g‘risida "Video: Hovlisida kafansiz ko‘milgan er yoxud qotillikni “yashirgan” laparlar..." nomli maqola e’lon qilgan edik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda er xotinini avval pichoqlab, keyin yoqib yubordi...