Avval xabar qilganimizdek, bir oilaning 3 nafar qizlari 8 noyabr kuni Toshkentda olamdan o‘tgan edi. Ularning eng kichigi shifoxonaga olib ketilayotganda tez yordam mashinasida olamdan o‘tgan. Qolgan ikki nafari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy- tadqiqot institutiga yetkazilgan.
Sud-tibbiy ekspertizasi natijalariga ko‘ra, qizlar dori vositalarini noto‘g‘ri qabul qilganliklari uchun olamdan o‘tishgan. Bu haqda UzNews.uz muxbiriga ekspertiza o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy- tadqiqot institutidagi tegishli manbaa xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qizlarga "Vermoks" nomli parazitlarga qarshi dori buyurilgan. Ammo, dorixona xodimi shifokor yozuviga tushunmay, yurakka aloqador xastaliklarda qabul qilinuvchi "Verapamil" dori vositasini bergan.
Dori vositasini qabul qilish natijasida, qizlarda kardiogen shok holati yuzaga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi Jinoyat kodeksining 4-qismi "a" bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi